Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

2024 yil yakunlariga ko‘ra aholi va turistlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida “Quality service” sertifikatlari topshirildi

2024 yil yakunlariga ko‘ra aholi va turistlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida  “Quality service” sertifikatlari topshirildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 793-son qarori ijrosi yuzasidan 2024 yil yakunlariga ko‘ra aholi va turistlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida “Eng yaxshi AGTKS”, “Eng yaxshi AGQS” va “Eng yaxshi AYOQS”larni aniqlash va “Quality service” sertifikatlari bilan taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil
21 sentyabrdagi “Yo‘lbo‘yi va turistik infratuzilmani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 793-son qarori ijrosi yuzasidan 2024 yil yakunlariga ko‘ra aholi va turistlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish yo‘nalishida “Eng yaxshi AGTKS”, “Eng yaxshi AGQS” va “Eng yaxshi AYOQS”larni aniqlash va “Quality service” sertifikatlari bilan taqdirlash tadbiri

PRESS-RELIZI

Yurtimizda turizm sohasini yanada rivojlantirishga va turizmning hududlar yalpi ichki mahsulotdagi ulushini oshirishga ustuvor masala sifatida e’tibor qaratilmoqda. Mamlakatimizga turistlar oqimining keskin oshib borayotganligi munosabati bilan hududlardagi turistlar tashrif buyuradigan ob’ektlar va avtomagistrallar bo‘ylarida hozirgi zamon talablariga to‘liq javob beradigan hamda imkoniyati cheklangan shaxslar qulay va to‘siqsiz foydalanish imkoniyatlari yaratilgan umumfoydalanishdagi sanitariya-gigiyena shoxobchalarini barpo qilish va foydalanishga topshirish zaruriyati borgan sari dolzarb masalaga aylanmoqda hamda ushbu masalaga yuqori darajada e’tibor qaratilmoqda.

Turizm qo‘mitasi tashabbusi, mahalliy hokimliklar, mutasaddi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda olib borilayotgan amaliy sayi-harakatlar natijasida hududlardagi sanitariya-gigiyena shoxobchalari borasidagi vaziyat birmuncha yaxshilandi. Buni hattoki chet ellik turistlar ham e’tirof etmoqda.

Ya’ni, 2017-2025 yillar mobaynida respublika bo‘yicha 10 mingdan ortiq sanitariya-gigiyena shoxobchalari hozirgi zamon talablari asosida yangidan qurildi va qayta ta’mirlandi. Ularning qaryib 50 foizi barcha turdagi yoqilg‘i quyish stansiyalari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Shuningdek, tadbirkorlik va xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga shuningdek mahalliy hokimliklarga namuna sifatida ko‘rsatish uchun Turizm qo‘mitasi tomonidan respublikamizning deyarli barcha hududlarida 50 tadan ortiq namunaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari qurilib, davlat ijtimoiy sheriklik shartlari asosida foydalanish uchun tadbirkorlik sub’ektlariga topshirildi.

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi 793-sonli qarori qabul qilingan vaqtda yoqilg‘i quyish stansiyalarining atigi 20 foizi zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari bilan ta’minlangan bo‘lsa, birgalikda olib borgan say’i-harakatlarimiz natijasida ushbu ko‘rsatkichni 95 foizdan oshirishga erishdik.

Qarorga muvofiq, avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari hududida zamonaviy sanitariya-gigiyena shoxobchalari mavjud bo‘lishi talabi bilan birgalikda ularga bir qator qulayliklar ham yaratish ko‘zda tutilgan, ya’ni barcha turdagi avtomobillarga yonilg‘i quyish maskanlari egalariga o‘z hududida asosiy faoliyat turidan tashqari aholiga savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish, tez ovqatlanish maskanlari barpo etish, wi-fi zonalari tashkil qilish orqali foydalanuvchilar oqimini kengaytirish imkoniyatlari ham yaratilgan.

Mazkur imkoniyatlardan samarali foydalanish natijasida bugungi kunda mavjud yoqilg‘i quyish stansiyalarining 2,9 mingtasi savdo shoxobchalariga, 1,7 mingtasi maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga, 550 ga yaqini tez ovqatlanish shoxobchalariga, 1.0 mingtasi bepul Wi-Fi zonalariga ega bo‘lib, ulardan 1,5 mingdan ortiq kam ta’minlangan va nogironligi mavjud insonlar bandligi ta’minlangan.

2020-2021 yillarda tashkil etgan taqdirlash tabirlarimizda har bir hududdan bittadan “Eng yaxshi AYOQS” (avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyasi), “Eng yaxshi AGQS” (avtomobillarga gaz quyish stansiyasi), “Eng yaxshi AGTKS” (avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor stansiyasi) tanlovi avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari tomonidan juda ijobiy kutib olindi hamda ular o‘rtasida ijobiy ma’nodagi raqobatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi natijasida aholi va turistlarga qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatish sifatining yanada oshishiga olib keldi.

Ba’zi bir sabablarga ko‘ra, ENG YAXSHIlarni aniqlash va taqdirlash tadbirlari 2022-2023 yillarda o‘tkazilmay qolgan bo‘lsada, 2024 yil davomida hududlarda amalga oshirilgan o‘rganishlar davomida sohada faoliyat yurituvchi juda ko‘plab tadbirkorlar, yoqilg‘i quyish stansiyalari egalari tomonidan ushbu tadbirlarni davom ettirish taklifi bildirildi.

Mazkur takliflarni inobatga olgan holda 2024 yil yakunlariga ko‘ra aholi va turistlarga qo‘shimcha xizmatlarni ko‘paytirish orqali yurtimiz turistik jozibadorligini oshirishga xissa qo‘shayotgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish stansiyalari ichidan eng yaxshilarini aniqlash va ularni imkon qadar rag‘batlantirish hamda boshqalarga ham namuna sifatida ko‘rsatish maqsadida mazkur tadbirni yana boshladik

Bu yilgi o‘rganishlarimiz natijalariga ko‘ra Respublika va Hududiy ishchi guruh a’zolari kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha va har bir hududdagi “Eng yaxshi”lar deb e’tirof etamiz.

2025 yilni “Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilinganiga hamohang holda O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha ENG YAXSHI “YASHIL EKOLOGIK HUDUD”li yoqilg‘i tarqatish stansiyasi ham aniqlandi hamda boshqalarga ham namuna sifatida tavsiya qilinadi.

Zero, shu singari ko‘kalamzorlashtirilgan, yashil zonalarga boy, obodonlashtirilgan yoqilg‘i quyish stansiyalari yanada ko‘paysa, yurtimiz ekologik holatini yaxshilanishiga ham katta hissa qo‘shilar edi deb hisoblaymiz.

Kiritildi: 05:40 18.04.2025. O'qildi: 861 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!