Bugun 7 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

2023 yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 130 dan ortiq malaka oshirish kursi tashkil etilgan

A A A
2023 yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 130 dan ortiq malaka oshirish kursi tashkil etilgan

2023 yilda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan 130 dan ortiq malaka oshirish kursi tashkil etilgan.

Bu haqda AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Agentlik axborot xizmati rahbari Sevara Zokirova ma’lum qildi.

Ushbu kurslarga vazirliklar va idoralar, mahalliy hokimliklarda faoliyat ko‘rsatayotgan 17 mingga yaqin davlat xizmatchisi jalb etildi.

Yangi tayinlangan 48 nafar tuman (shahar) hokimining lavozimga kirishish (adaptasiya) jarayonini tezlashtirish maqsadida ekspress-treninglar tashkil etilib, ularda 287 nafar tuman (shahar) hokimi o‘rinbosari va 1 440 nafar hokimlik rahbar kadrlari va mutaxassislari ishtirok etdi.

Salohiyatli kadrlar rezerviga kiritilgan 1000 nafar nomzod uchun mahalliy davlat hokimiyati organlari, vazirlik va idoralarning hududiy boshqarmalarida 2 haftalik stajirovkasi tashkil etilib, stajirovka yakunlari bo‘yicha eng yaxshi natija ko‘rsatgan 247 nafar nomzodlar viloyat hokimi o‘rinbosari, tuman (shahar) hokimlariga 1 oy davomida dublyorlik qildi.

Joriy yilni ikkinchi choragidan barcha bo‘g‘indagi davlat fuqarolik xizmatchilari “Davlat xizmatiga kirish”, “Davlat fukarolik xizmatchisining etikasi”, “Iqtisodiy bilim asoslari” nomli masofaviy malaka oshirish kurslarida o‘qitiladi.

Kiritildi: 11:58 16.02.2024. O'qildi: 1132 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!