Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) hisobotida aytilishicha, Hindiston 2023 yilda Xitoyni ortda qoldirib, dunyodagi eng ko‘p aholiga ega davlatga aylanadi. Har ikki mamlakat aholisi hozirda taxminan 1,4 milliard kishini tashkil qiladi.
Shu bilan birga, dunyo aholisi o‘sishining yarmidan ko‘pi bor-yo‘g‘i sakkizta davlatda hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Bular Kongo Demokratik Respublikasi, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniya.
Shu bilan birga, hisobotda bir qator mamlakatlarda, birinchi navbatda, Sharqiy Yevropada aholi sonining o‘sishi hozirgi vaqtda salbiy ko‘rsatkichga egaligi aytilgan.