2023 yil mart oyida Rossiya neft eksporti uch yil davomidagi rekord natijani o‘rnatdi, ammo daromadlar pasaygan, deb xabar berdi Xalqaro energetika agentligi.
2023 yilning mart oyida Rossiya neft eksporti darajasi G‘arb sanksiyalariga qaramay, so‘nggi uch yildagi eng yuqori darajaga ko‘tarildi, deya xabar bermoqda Xalqaro energetika agentligi. Shu bilan birga, Rossiya neft eksportidan tushumlar o‘tgan yilga nisbatan keskin kamaygan.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan oyda Rossiyaning jami neft yetkazib berish hajmi sutkada 600 ming barrelga oshib, 8,1 million barrelga yetgan. Bu oylik daromadni 12,7 milliard dollargacha oshirish imkonini berdi. Biroq, bu o‘tgan yilning mart oyiga nisbatan 43 foizga kam.