2022 yil oxiriga kelib dunyodagi Internet foydalanuvchilari soni 5,3 milliard kishini yoki dunyo aholisining uchdan ikki qismini tashkil qiladi. Bunday ma’lumotlar xalqaro telekommunikasiya Ittifoqi hisobotida keltirilgan.
"2019 yilda dunyo aholisining 54 foizi internetdan foydalangan bo‘lsa, 2022 yilda bu ko‘rsatkich 66 foizga yetishi kutilmoqda, bu 5,3 milliard kishini anglatadi", deyiladi hisobotda.
Ta’kidlanishicha, koronavirus pandemiyasi boshlangandan so‘ng, keng polosali infratuzilmaga ulanish ish, o‘qish va asosiy xizmatlardan foydalanish uchun hayotiy zaruratga aylanganda foydalanuvchilar soni faol o‘sishni boshladi. 2020 yilda foydalanuvchilar soni 10 foizga o‘sdi, bu so‘nggi o‘n yillikdagi eng katta o‘sish bo‘ldi.
Aprel oyida Global Statshot matbuot xizmati 2022 yil aprel oyi oxirida dunyo bo‘ylab 5 milliarddan ortiq Internet foydalanuvchilari aniqlanganligini yozdi. O‘tgan yil davomida, kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 200 millionga yaqin yangi a’zolar paydo bo‘ldi. Shunday qilib, bugungi kunda Internet auditoriyasi butun dunyo aholisining taxminan 63 foizini tashkil qiladi.