Rossiyalik sobiq bokschi Aleksandr Povetkin anti-doping qoidalarini buzgani uchun chetlatildi.
Xalqaro doping-testlar agentligi (ITA) saytida yozilishicha, Povetkin 2.2 bandini (taqiqlangan moddalardan foydalanish) buzgani uchun diskvalifikasiya qilingan.
TASS ma’lum qilishicha, gap Povetkin 2016 yilda diskvalifikasiya qilinishiga sabab bo‘lgan ostarin uchun ijobiy test haqida ketmoqda, ammo ITA ma’lumotlar bazasi 2014 yil 25 oktyabr sanasini ko‘rsatgan. O‘sha kundan bir kun oldin Aleksandr Karlos Takamani nokautga uchratgan edi.
Povetkin so‘nggi bor 2021 yilda Dillian Uaytga qarshi jang qilgan va texnik nokaut evaziga mag‘lub bo‘lgandi.