Bugun 27 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

2020 yildan O‘zbekistonga qaysi mahsulotlarni olib kirish taqiqlanadi?

2020 yildan O‘zbekistonga qaysi mahsulotlarni olib kirish taqiqlanadi?

Yangi yil boshidan boshlab O‘zbekistonga ayrim toifadagi foydalanishda bo‘lgan mahsulotlarni olib kirish ta’qiqlanishi mumkin. Bu haqida “O‘zstandart” tomonidan ishlab chiqilgan yangi qonun loyihasida aytib o‘tilgan.

Xususan, foydalanishda bo‘lgan quyidagi mahsulotlarni olib kirish ta’qiqlanadi:

  • Foydalanishda bo‘lgan yoki qayta tiklangan avtomobil va qishloq xo‘jalik texnikasi shinalari;
  • Avtomobil ehtiyot qismlari;
  • To‘qimachilik va yengil sanoat mahsulotlari;
  • Maishiy elektr texnikalari.

Shuningdek, olib kirilayotgan mahsulotlarda “Bio”, “Xalal”, “Eko”, “Bez GMO”, “Organik” kabi belgi va yozuvlar qayd etilgan bo‘lsa, ushbu mahsulotlarning sertifikatlari O‘zbekiston tegishli organlarida tasdiqlanishi kerak.

Undan tashqari yangi qonun loyihasida aytilishiga ko‘ra, 2020 1 yanvaridan boshlab O‘zbekistonga olib kelinayotgan mahsulotlar belgilangan tartibda sertifikatlashtirilgan bo‘lishi, ekologik va xavfsizlik jihatidan YEI, YEOII normalariga mos bo‘lishi kerakligi aytib o‘tilgan. Masalan avtotransport vostalari “Evro-5” ekologiya normalariga muvofiq bo‘lishi kerak.

Kiritildi: 12:08 19.09.2019. O'qildi: 4452 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!