Bugun 18 may, 2025 yil, yakshanba

КИР

2020 yilda xususiy bog‘chalar bolalarni 1 yoshdan qabul qiladi

A A A
2020 yilda xususiy bog‘chalar bolalarni 1 yoshdan qabul qiladi

Joriy yilning 14 dekabrida O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni ma’qullandi va 16 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu qonunni imzoladi.

Qonunda maktabgacha ta’lim va tarbiyaga oid asosiy tushunchalar berilgan va ushbu sohani tartibga solishga doir huquqiy mexanizm belgilangan.

Qonunning 34-moddasi maktabgacha ta’lim tashkiloti guruhlarini to‘ldirishga bag‘ishlangan bo‘lib, unda MTT qabul qilinadigan bolalarning yoshiga ham aniqlik kiritib ketilgan.

Xususan:

ilk rivojlanish guruhi (bir yoshdan uch yoshgacha);

kichik guruh (uch yoshdan to‘rt yoshgacha);

o‘rta guruh (to‘rt yoshdan besh yoshgacha);

katta guruh (besh yoshdan olti yoshgacha);

maktabga tayyorlov guruhi (olti yoshdan yetti yoshgacha) bo‘lishi belgilangan.

Ko‘pchilikni ushbu yangilik barcha MTTda amal qilish yoki qilmasligi hamda qachondan kuchga kirishi qiziqtirishi tabiiy.

Matbuot xizmati rahbari Dilafruz Ikromovaning Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmatiga ma’lum qilishicha, mazkur me’yor xususiy MTTga taalluqlidir. Hozirda ularga bolalarni ikki yoshdan qabul qilishga ruxsat etilgan bo‘lib, qonun kuchga kirishi bilan, ya’ni, 2020 yilning 16 iyunidan xususiy MTT bolalarni bir yoshdan qabul qilish huquqiga ega bo‘ladi.

MTT to‘g‘risidagi amaldagi Nizomda davlat tasarrufidagi MTTga bolalarni uch yoshdan qabul qilish mumkinligi belgilangan.

Kiritildi: 19:55 23.12.2019. O'qildi: 10447 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!