Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

2020 yilda tug‘ilish bo‘yicha dunyodagi eng past ko‘rsatkich qaysi davlatda qayd etildi?

2020 yilda tug‘ilish bo‘yicha dunyodagi eng past ko‘rsatkich  qaysi davlatda qayd etildi?

24 fevral kuni berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda Janubiy Koreyada tug‘ilish bo‘yicha eng past ko‘rsatkich qayd etildi. Koreyada aholi sonining tabiiy o‘sishi keskin tushib ketishiga koronavirus pandemiyasi davridagi iqtisodiy beqarorlik sabab bo‘lmoqda.Ya’ni hozirda koreyslar turmush qurish va farzand ko‘rishdan o‘zlarini tiymoqda.

Koreya statistikasi tashkiloti bergan raqamlarga ko‘ra, 2020 yilda mamlakatdagi har bir farzand ko‘rishi mumkin bo‘lgan ayolga 0,84 ta tug‘ilish soni to‘g‘ri kelgan.2019 yilda bu ko‘rsatkich 0, 92 tani tashkil qilgandi.

Bu Jahon bankining 180 dan ortiq a’zo davlatlari orasida eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.Masalan, AQSh da o‘tgan yilgi tug‘ilishlar soni mamlakatdagi farzand ko‘rishi mumkin bo‘lgan ayollarga nisbatan 1, 73 tani, Yaponiyada esa 1, 42 tani tashkil qilgan.

Osiyoning to‘rtinchi yirik iqtisodiga ega bo‘lgan Janubiy Koreya hukumati har yili bolalarni parvarish qilish uchun mablag‘lar ajratish va tug‘ruq ta’tillarini qo‘llab-quvvatlash uchun milliardlab dollar sarflaganiga qaramay, o‘tgan yili aholining tabiiy o‘sishi kamayishini to‘xtata olmadi.

Kiritildi: 12:10 25.02.2021. O'qildi: 2619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!