Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

2019 yilda Xalq ta’limi tizimiga jami 16,4 trillion. so‘m mablag‘ ajratildi

2019 yilda Xalq ta’limi tizimiga jami 16,4 trillion. so‘m mablag‘ ajratildi

2019 yilda Xalq ta’limi tizimiga davlat byudjetidan jami 16,4 trillion. so‘m (2018 yilga nisbatan 38,3% ga ko‘p, 11,8 trillion. so‘m) ajratilgan bo‘lib, jami davlat byudjeti xarajatlarining 15,2 foizini (2018 yilda 17,1 foiz) tashkil etadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.

Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 12,2 trillion. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 37,0 foizga ko‘p), yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 3,03 trillion. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 43,0 foizga ko‘p) hamda boshqa (IV guruh) xarajatlarga 1,2 trillion. so‘m (o‘tgan yilga nisbatan 16,0 foizga ko‘p) ajratilgan.

Shuningdek, joriy yilning 9 oyi mobaynida jami 13,4 trillion. so‘m ajratilib, ijrosi 13,2 trillion. so‘mni (98,4 foiz) tashkil etgan.

Jumladan, ish haqi va unga tenglashtirilgan (I guruh) to‘lovlarga 9,9 trillion. so‘m ajratilib, ijrosi 9,8 trillion. so‘mga, ya’ni 99,1 foizga bajarilgan.

Yagona ijtimoiy to‘lov (II guruh) xarajatlariga 2,5 trillion. so‘m ajratilib, ijrosi 2,4 trillion. so‘mga yoki 95,7 foizga bajarilgan.

Boshqa (IV guruh) xarajatlarga 926,8 milliard. so‘m ajratilib, ijrosi 914,8 milliard. so‘mga yoki 98,7 foizga bajarilgan.

Kiritildi: 10:34 07.11.2019. O'qildi: 1596 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!