Bugun 29 aprel, 2024 yil, dushanba

КИР

200 dollarni noqonuniy "maydalab bergan" fuqaro jazoga tortildi

200 dollarni noqonuniy "maydalab bergan" fuqaro jazoga tortildi

1975 yilda Xorazm viloyatining Xiva shahrida tug‘ilgan O‘ktam (ismi o‘zgartirilgan) ismli fuqaro ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanmasdan, yengil daromad topish yo‘liga o‘tib, valyuta qimmatliklarining noqonuniy oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan.

Xususan, Shokir ismli fuqaroning arizasiga asosan o‘tkazilgan tadbirda, O‘ktamning Xiva shahridagi Xiva dehqon bozori hududida Shokirdan 200 AQSh dollarini noqonuniy ravishda olib, unga 1.670.000 so‘m pullarni berayotgan vaqtida ushlangan.

O‘ktamga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 170-moddasi bilan to‘plangan materiallar Xiva shahar ma’muriy sudida ko‘rib chiqilib, ashyoviy dalil tariqasida olingan pullar davlat egaligiga o‘tkazilib, O‘ktamga nisbatan besh sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Xiva shahar ma’muriy sudi raisi T.Yusupov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 170-moddasi (Valyuta boyliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) sanksiyasi O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 15 yanvardagi O‘RQ-516-sonli Qonuni bilan kiritilgan o‘zgartirishga asosan og‘irlashtirilib, endilikda valyuta boyliklarini musodara qilib, o‘n besh sutkaga ma’muriy qamoqqa olishga yoki ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga eng kam ish haqining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishini ta’kidlab o‘tdi.

Kiritildi: 18:36 17.04.2019. O'qildi: 1436 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!