Sankt-Peterburgda 20 yoshli qiz BMW mashinasida to‘rtta piyoda va uchta mashinani urib yubordi.
Hodisa 21 may, shanba kuni kechqurun Volxonskoye shossesida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qiz ikkinchi darajali yo‘ldan o‘ngga burilib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetiga uchib ketgan.
“Izvestiya” nashrining yozishicha, 71 yoshli nafaqaxo‘r olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. Yana uch kishi, jumladan, o‘smir kasalxonaga yotqizilgan.
Qiz qo‘lga olindi va unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi.