Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

19 nafar muhojirning jasadi topildi

A A A
19 nafar muhojirning jasadi topildi

Tunis qirg‘oq qo‘riqlash xizmati 23 aprel kuni O‘rta Yer dengizida 19 nafar muhojirning jasadini aniqladi. Bu haqda Arab News nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, kuchli to‘lqin oqibatida qayiq ag‘darilib ketib, undagi yo‘lovchilar halok bo‘lgan. Yo‘lovchilar Italiyaga qarashli O‘rta Yer dengizidagi Lampeduza oroliga yetib borish uchun Tunisni tark etgan bo‘lgan.

Tunis qirg‘oq qo‘riqlash xizmati ma’lum qilishicha, so‘nggi to‘rt oy mobaynida Tunis sohillarida cho‘kib halok bo‘lgan muhojirlar soni qariyb 200 nafarga yetgan. Hukumatning kuchaytirilgan chora-tadbirlariga qaramay, noqonuniy migrasiya ko‘lami oshgan.

Tunisda mamlakat fuqarolar tomonidan Yevropaga noqonuniy tarzda suzib ketish holatlari doimiy kuzatiladi. Noqonuniy muhojirlar, asosan, Lampeduza, Pantelleriya, Linosa hamda Sisiliya orollari tomon harakatlanadi.

Kiritildi: 02:47 24.04.2024. O'qildi: 1450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!