Quyida dunyodagi eng qo‘rqinchli faktlar bilan tanishishingiz mumkin...
1. Amerikalik o‘smir bola boshlang‘ich maktabni tugatadigan paytigacha televizorda o‘rtacha 200 ming zo‘ravonlik va 40 ming qotillikka oid sahnalarni ko‘radi.
2. Tanzaniyada 2000 yilda 29 ga yaqin albinos bolalar o‘ldirilgan. Bunday qonxo‘rlikning sababi qora bozorda ularning organlarni sotish orqali boyib ketishga intilish bo‘lgan.
3. 1995-1997 yillarda Shimoliy Koreyadagi og‘ir ocharchilik paytida dehqonlar odamlar tanasini qazib olib yeyishgan.
4. XVIII asrda Turkiyada zino qilgan ayollar qoplarga mushuklar bilan birga solingan holda cho‘ktirib yuborilgan.
5. Odatda, tashqi ko‘rinishi yoqimsiz bo‘lgan jinoyatchilar, xuddi shu jinoyat uchun o‘rtacha yoki 50 foizga yaxshiroq ko‘rinishga ega bo‘lgan jinoyatchilarga nisbatan 50 foizga ko‘proq ozodlikdan mahrum qilish jazosini olishadi.