Bojxona qo‘mitasining Kontrabandaga qarshi kurashish boshqarmasi tomonidan Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar vazirligi tezkor tuzilmalari bilan hamkorlikda respublikamizga giyohvandlik vositalarining kontrabandasini olish va fosh etish yuzasidan “xalqaro nazorat ostida yetkazib berish” tezkor-qidiruv tadbiri o‘tkazildi.
Toshkent viloyati Chirchiq shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 2009 yilda tug‘ilgan, ya’ni voyaga yetmagan shaxs Rossiyadan yuborilgan jo‘natmani qabul qilib olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Jo‘natma xolislar ishtirokida ochib ko‘rilganida, uning ichidagi 4 dona konserva qutilariga 852,2 gr “gashish” giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh bo‘ldi.
852,2 gr. “gashish” o‘rta hisobda 60 ming dozadan oshadi va ushbu hajmdagi narkotikning qora bozordagi qiymati salkam 600 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.
Hozirda holatda yuzasidan Bojxona qo‘mitasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.