Tottenxem” hujumchisi Mikki Mur 17 yoshida Yevropaning yirik musobaqalarida gol urgan eng yosh futbolchiga aylandi.
M.Mur Yevropa ligasi umumiy bosqichi 8-turi doirasida Shvesiyaning “Elfsborg” klubiga qarshi o‘yinning 94-daqiqasida hisobni 3:0 ko‘rinishiga keltirdi. U bu rekord natijaga Angliya futbolchilari orasida 17 yoshu 172 kunligida erishdi.
Avvalgi eng yaxshi natija Jimmi Grivzga tegishli edi (17 yosh 245 kun). U 1957 yilda "Chelsi" tarkibida gol urgan.
Londonning “Tottenxem” klubi 17 ochko bilan Yevropa ligasi turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egalladi. “Elfsborg” kuchli 24 ta jamoa safiga kira olmadi.
Kuchli uchlikdan “Lasio” (Italiya), “Atletik” (Ispaniya) va “Manchester Yunayted” (Angliya) klublari joy olgan bo‘lsa, “Ayntraxt” (Germaniya), “Lion” (Fransiya), “Olimpiakos” (Gresiya) va “Reynjers” (Shotlandiya)1/8 finalga yo‘llanma oldi.