Nigeriyada o‘tgan prof boks turnirida superog‘ir vaznda WBC International kamarining sobiq sohibi 52 yoshli mezbon bokschi Ayk Ibeabuchi 45 yoshli hamyurti Kabiru Tovalaviga qarshi ringga ko‘tarildi.
Nigeriyaliklar o‘rtasidagi jang to‘liq 12 raund davom etdi va unda Kabiru hakamlarning yakdil qarori (117-111, 115-114, 115-113) bilan g‘alaba qozondi. Qizig‘i, Ibeabuchi uchun bu mag‘lubiyat professional faoliyatidagi birinchisi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, Ayk bungacha 21 ta jangda g‘alaba (16 tasi nogkaut) qozongandi. 1999 yilda Ibeambuchi zo‘rlashda ayblanib, 16 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Nigeriyalik bokschi 2015 yilning dekabrida ozodlikka chiqqandi.