Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Dollarga nisbatan eng daromadli aktivlar e’lon qilindi — rubl beshinchi o‘rinda

Dollarga nisbatan eng daromadli aktivlar e’lon qilindi — rubl beshinchi o‘rinda

Bloomberg o‘z hisob-kitoblari asosida dunyodagi eng daromadli aktivlarni e’lon qildi.

Bular — platina, kumush, palladiy, oltin hamda Rossiya rubli. Rus valyutasi 2025 yil boshidan buyon AQSh dollariga nisbatan 45 foizga mustahkamlanib, eng daromadli aktivlar orasida beshinchi o‘rinni egallagan.

Bloomberg Rossiyaga qarshi ko‘plab sanksiyalar fonida ushbu mamlakatda xorijiy valyutaga talabning pasayishini rublning kuchayishidagi eng muhim omil deb hisoblaydi. Rublga chet el valyutasini sotish va Rossiya bankining qat’iy pul-kredit siyosati ham yordam berdi — yuqori asosiy stavka fuqarolarda rublli hisob raqamlaridagi jamg‘armalarga qiziqish uyg‘otdi, deya ta’kidladi agentlik. Vayd etilishicha, so‘nggi 12 oy ichida rublning mustahkamlanishi 1994 yildan beri eng kuchlisi bo‘ldi.

Agentlik rublning mustahkamlanishi Rossiya bankiga inflyasiyani pasaytirishda qo‘l keladi deb hisoblaydi.

Ammo Stolipin nomidagi Moskva o‘sish iqtisodiyoti instituti ekspertlariga «tanganing orqasi» ham borligini eslatishmoqda. Bloomberg iqtibos keltirgan xabarda mutaxassislar «yuqori baholanayotgan rubl» raqobatbardoshlikni zaiflashtiradi va Rossiyaga investisiyaviy qiziqishni pasaytiradi, deyishgan.

Kiritildi: Bugun 14:46. O'qildi: 638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!