Bugun 26 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Andrey Kanchelskis O‘zbekiston futboli nega Qozog‘istondan oldinda ekanini aytdi

Andrey Kanchelskis O‘zbekiston futboli nega Qozog‘istondan oldinda ekanini aytdi

Namanganning “Navbahor” klubi sobiq bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis Qozog‘iston va O‘zbekiston futboli rivojini solishtirdi. Hozirda Rossiyaning Bryansk shahridagi “Dinamo” klubi bosh murabbiyi hamda funksioneri bo‘lib faoliyat yuritayotgan mutaxassis Qozog‘iston futbolining “normal rivojlanishiga” nimalar xalaqit berayotgani haqida fikr bildirdi.

“Qozog‘iston bilan solishtirganda, O‘zbekiston futboli rivojlanishda juda katta qadam tashladi. Aynan O‘zbekiston birinchi bo‘lib Jahon chempionatiga yo‘l oldi. Abduqodir Husanov esa Angliya Premyer Ligasida o‘ynamoqda. Ha, Qozog‘istonda ham yaxshi futbolchilar bor, biroq u yerda futbolning normal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolar juda ko‘p. O‘zbekistondagi infratuzilma sobiq sovet hududidagi eng yaxshisi hisoblanadi. Bu yerga futbolni tushunadigan mutaxassislar keldi, infratuzilma rivojlantirildi, bolalar va o‘smirlar futboliga sarmoya kiritildi. O‘zbekistonda ishlash menga juda yoqqan. U yerda hamma futbolni rivojlantirishdan manfaatdor.

Qozog‘istonda boshqacha. Biz biror tashabbus bilan chiqsak, ayrimlar infratuzilmani o‘zimiz bilan olib ketamiz, deb o‘ylaydi. “Buning nima keragi bor?” degan savollar beriladi. Maydonlar sifati masalasiga kelsak, u yerda futbol o‘ynash deyarli imkonsiz. Sun’iy maydonlar futbolni barbod qiladi. Masalan, Qo‘stanayda ikkita maydon bor: biri tabiiy, biri usti yopiq sun’iy. Bilamanki, mamlakatda stadionlar qurish rejalashtirilgan, bittasi allaqachon foydalanishga topshirilgan. Ammo keyin-chi? Qog‘ozda xohlagancha narsa qurish mumkin. Shunga qaramay, terma jamoa va “Qayrat”ning natijalari tufayli Qozog‘istonda futbolga qiziqish oshganini inkor etib bo‘lmaydi”, dedi mutaxassis “AsNews.kz” nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot uchun, Andrey Kanchelskis O‘zbekistonda “Navbahor”, Qozog‘istonda esa Qo‘stanayning “Tobol” klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: Bugun 09:52. O'qildi: 518 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!