Vakil Devoniga Yuqori Chirchiq tumanida ro‘yxatdan o‘tgan "TOMORQA XIZMATI" MCHJ rahbari murojaat qilib, ijara huquqi asosida ajratilgan 2970 gektar yer maydoni tuman hokimligi tomonidan zaxiraga olingan bo‘lsa-da, kadastr va soliq organlari ma’lumotlar bazasiga o‘zgartirish kiritilmaganligi natijasida undan asossiz ravishda 16,6 mlrd so‘mdan ziyod yer solig‘ini to‘lash talab etilayotganligini bildirgan.
Murojaatchi holat yuzasidan bir necha marotaba Soliq qo‘mitasi va Kadastrlar palatasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligining tuman va viloyat boshqarmalariga qilgan murojaatlari natija bermaganligini ma’lum qilgan.
Vakil Devoni tegishli soha mutaxassilari ishtirokida murojaatda ko‘tarilgan masalani o‘rganib chiqish davomida vakolatli organlarning ma’lumotlar bazasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, asossiz soliq hisoblanishi bartaraf etildi.