Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

1500 dollar evazigi o‘qishni ko‘chirib berishni hal qilmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

1500 dollar evazigi o‘qishni ko‘chirib berishni hal qilmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyat boshqarmasi tomonidan DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro A.I. boshqa bir fuqaro O.R.ning ishonchiga kirib, unga tanishlari yordamida qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidagi Oliy o‘quv yurtining birinchi kursni tamomlaganligi to‘g‘risida hujjat tayyorlab berib, keyinchalik Toshkent shahridagi universitetlardan biriga o‘qishini ko‘chirib berishi evaziga 1 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 18:17 28.03.2023. O'qildi: 1034 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!