Bugun 21 iyul, 2024 yil, yakshanba

КИР

15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan Vestminstr talabasiga chiqarilgan sud hukmi o‘zgartirildi

15 yoshli qiz bilan jinsiy aloqa qilgan Vestminstr talabasiga chiqarilgan sud hukmi o‘zgartirildi

Nemolchi.uz loyihasining Telegram kanalida 21 yoshli talaba yigit voyaga yetmagan 15 yoshli qiz bilan tanishib, u bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelgani haqida xabar berildi. Xabarga ko‘ra, 2022 yil sentyabr oyi oxirida u o‘z xonadoniga voyaga yetmagan qizni olib kelib, u yerda jinsiy aloqada bo‘lgan.

Toshkent shahar sudi ushbu holat bo‘yicha yigitga chiqarilgan hukmni e’lon qildi.

Unga ko‘ra, Jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining 2023 yil 13 apreldagi hukmi bilan sudlanuvchi SH. X. (2003 yilda tug‘ilgan) o‘tgan yilning kuzida voyaga yetmagan jabrlanuvchi D. SH. (2007 yilda tug‘ilgan) ga nisbatan Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismida nazarda tutilgan jinoiy harakatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.

Jinoyat kodeksining 62-moddasi (ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini hisobga olish qoidalari) ga asosan SH. X. ni 2022 yil 26 oktyabr kunidan 28 oktyabr kuniga qadar hibsda saqlangan 3 kunini har bir kunini ozodlikni cheklash jazosining bir kuniga tenglashtirgan holda chegirib tashlash yo‘li bilan o‘tash uchun 2 yil 11 oy 27 kun ozodlikni cheklash jazosi qoldirilib, uning zimmasiga

  • kafe, bar, restoran va boshqa ko‘ngilochar joylarga bormaslik;
  • ommaviy va boshqa tadbirlar o‘tkazishda ishtirok etmaslik;
  • mahkumlarni nazorat qiluvchi organning roziligisiz yashash joyini o‘zgartirmaslik hamda Toshkent shahri hududidan tashqariga chiqmaslik;
  • jabrlanuvchi D. SH. bilan ko‘rishmaslik va har qanday usulda u bilan suhbatlashmaslik;
  • alkogoli ichimliklar iste’mol qilmaslik kabi qo‘shimcha taqiqlar (cheklashlar) yuklatilgan.

Chilonzor tuman prokuraturasi tomonidan keltirilgan protestga asosan ushbu jinoyat ishi Toshkent shahar sudining apellyasiya instasiyasida ko‘rib chiqilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Chilonzor tuman sudining sudining 2023 yil 13 apreldagi hukmi o‘zgartirilgan.

Toshkent shahar sudi jinoyat ishlari bo‘yicha apellyasiya instansiyasi sudlov hay’atining 2023 yil 18 maydagi ajrimi ko‘ra X. SH. ning zimmasiga 2023 yil 13 apreldagi sud hukmi hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng

  • nazorat qiluvchi organning ruxsatisiz yashash, ish hamda o‘qish joyini o‘zgartirmaslik;
  • Internet tarmoqlaridan foydalanilmaslik kabi taqiqlar (cheklashlar) qo‘shimcha ravishda yuklatilgan.

Mazkur ajrimdan norozi taraflar Jinoyat-prosessual kodeksining 498-moddasi (kassasiya tartibida qayta ko‘rilishi mumkin bo‘lgan sud hukmlari, ajrimlari) ga muvofiq Oliy sudga kassasiya tartibida shikoyat berishi yoki protest bildirishi mumkin, - deyiladi bayonotda.

Kiritildi: 14:56 26.05.2023. O'qildi: 8688 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!