"Tinchliksevar" Rossiya Ukraina shaharlarini shafqatsizlarcha bombalamoqda.
Rossiya 8 mart shanba kechasi Ukrainaga 145 ta Shahed turdagi hujumkor va taqlid qiluvchi uchuvchisiz apparatlar, shuningdek, ikkita "Iskander-M"/KN-23 ballistik raketasi va bitta "Iskander-K" qanotli raketasi bilan hujum uyushtirdi, deya ma’lum qildi Ukraina Qurolli Kuchlari Havo mudofaasi.
Ertalabki ma’lumotga ko‘ra, bitta raketa ("Iskander-K") va 79 ta dron yo‘q qilingan, 54 ta dron esa nishonga yetib bormagan.
Tungi hujum natijasida Donetsk, Xarkov, Poltava, Sumi va Odessa viloyatlari zarar ko‘rdi.
Ilgari hokimiyat vakillari Donetsk viloyatidagi Dobropole shahriga qo‘shma zarba oqibatida 11 kishi halok bo‘lgani haqida xabar bergan edi. Xarkov viloyatida Bogoduxov shahridagi korxonaga dronlar hujumi tufayli kamida uch kishi hayotdan ko‘z yumdi. Odessa viloyatiga dronlar ketma-ket beshinchi tun hujum qilmoqda, jabrlanganlar haqida ma’lumot kelgani yo‘q.