Vladivostokda yashovchi yosh qiz xotira marosimida aroq ichib, komaga tushib qoldi. Bu haqda Vl.ru xabar bermoqda.
Huquq-tartibot idoralari manbasining aytishicha, iyul oyi o‘rtalarida 14 yoshli qiz Egersheld mikrorayonida marhum tanishini xotirlash marosimida bir necha stakan aroq ichgan va hushini yo‘qotgan.
Uning do‘stlari tez yordam chaqirishdi. Shifokorlar qizni koma holatida Vladivostok shahridagi 2-klinik kasalxonaga yotqizishdi. Keyinchalik ma’lum bo‘ldiki, qiz spirtli ichimlikdan oldin tinchlantiruvchi dorilar ichgan. Natijada komaga tushib qolgan.
Shifokorlar voqeani polisiyaga xabar qilishdi. Ushbu fakt bo‘yicha tekshiruv boshlashdi. Ayni damda alkogol ichimlikni voyaga yetmaganlarga kim sotganligini ham aniqlashmoqchi.