Bugun 19 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

14 dona daraxtni nobud qilgan fuqaro ushlandi

A A A
14 dona daraxtni nobud qilgan fuqaro ushlandi

Mamlakatimiz bo‘ylab yashil makonlarni kengaytirish hamda yashillikni asrab qolish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Afsuski, ayrim fuqarolarimiz tomonidan ko‘karib turgan daraxtlarni hech qanday ruxsatnomasiz kesib tashlash holatlari uchramoqda.

Sirdaryo tumani “Navro‘z” MFY hududida joylashgan “Sirdaryo bog‘lari” fermer xo‘jaligi dala yer maydoni chetida fuqaro hech qanday ruxsatnomasiz noqonuniy ravishda 14 (o‘n to‘rt) dona manzarali daraxtni kesib, davlat raqami 20 762 AA bo‘lgan “Belarus” rusumli traktorning tirkamasiga ortayotgan vaqtida davlat inspektorlari tomonidan voqea joyida qo‘lga olindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 464-sonli qarorining 4-ilovasi asosida o‘lchanib hisoblanganda 3 (uch) turdagi jami 14 (o‘n to‘rt) dona manzarali daraxtni kesib tashlaganlik natijasida o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar hisobi 273 360 000 (ikki yuz yetmish uch million uch yuz oltmish ming) so‘m hisoblandi.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborildi.

Kiritildi: 20:43 01.02.2024. O'qildi: 1014 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!