Hodisa viloyatning Xonqa tumanidagi qishloqlardan birida sodir bo‘lgan.
Joriy yil 14 avgust kuni Xorazm viloyatida ko‘prik qulab tushgan. Ko‘prik qulagani tasvirlangan suratlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalmoqda.
“Qalampir.uz”ning aniqlashicha, viloyatning Xonqa tumani Qoraqosh qishlog‘idagi ko‘prikning bir qismi qulab tushgan. Ko‘prik qulash vaqtida yuu avtomobili harakatlanib ketayotgan bo‘lgan va u ham ko‘prik bilan birga qulagan. Auni damda yuk mashinasining haydovchisi shifoxonaga yotqizilgan.
Taxminlarga ko‘ra, ko‘prik ustida harakatlanayotgan yuk mashinasini ko‘tara olmay, qulagan.
Eslatib o‘tamiz, aynan 14 avgust kuni Italiya shimolidagi Genuya shahrida avtomobil ko‘prigi ham qulab tushgan edi. Unda 39 kishi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohatlangan.