Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

13 yoshli bola o‘ldirildi. Uni 17 yashar yigit pichoqlagan

13 yoshli bola o‘ldirildi. Uni 17 yashar yigit pichoqlagan

Perm shahrida fojia yuz berdi - 13 yoshli bola vafot etdi. Rossiya Tergov qo‘mitasining mintaqadagi tergov organlari ma’lumotlariga ko‘ra, u 17 yoshli o‘spirin tomonidan pichoqlab o‘ldirilgan.

Tergovchilar gumonlanuvchi pichoq bilan qurollanib, ko‘chada 13 yoshli tanishini pichoqlaganini aniqladilar. Yaralangan bolani ko‘chadan o‘tayotganlar topib olishdi, ular polisiya va tez yordam chaqirishdi. Maktab o‘quvchisi kasalxonaga yetkazilgan, ammo uni qutqara olishmagan.

Hujumdan bir necha soat o‘tgach polisiya gumonlanuvchini hibsga oldi. U jinoyatni "shaxsiy adovat asosida" sodir etganini aytdi.

Jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 12:34 24.06.2021. O'qildi: 2389 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!