Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

13 mln so‘m porani olmagan IIB xodimiga 10 mln, 400 mingni olmagan xodimga esa 800 ming so‘m mukofot berildi

A A A
13 mln so‘m porani olmagan IIB xodimiga 10 mln, 400 mingni olmagan xodimga esa 800 ming so‘m mukofot berildi

Qashqadaryoda bir guruh IIB xodimlari Mustaqillik bayrami munosabati bilan taqdirlandi.

Xususan, 2019 yil 11 avgust kuni pora tariqasida taklif qilingan 13 million so‘m pulni olmagan va bu haqda rahbariyatga xabar bergan kapitan Raim Sodiqov 10 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Shuningdek, G‘uzor tumani IIB xodimi, katta leytenant O‘ktam Ahmedov ham g‘uzorlik N.N.ning fuqaro R.M.ni haqorat qilganligi haqidagi huquqbuzarligini «yopdi-yopdi qilish» evaziga taklif qilingan 400 ming so‘m porani olmasdan, jinoyatni fosh etishdagi ishtiroki uchun viloyat IIB boshlig‘i buyrug‘iga ko‘ra, 800 ming so‘m pul mukofotiga munosib ko‘rilgan, deya xabar qildi "Daryo".

Kiritildi: 07:00 11.09.2019. O'qildi: 3294 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!