Amerika Qo‘shma Shtatlari Ijtimoiy xavfsizlik boshqarmasi reestr ma’lumotlarini tuzatib, unda qayd etilgan 120 yoshdan oshgan 7 milliondan ortiq odam vafot etganini ta’kidladi. Bu haqda tadbirkor Ilon Mask nazorat qiluvchi AQSh hukumati samaradorligi departamenti (DOGE) ma’lum qildi.
"So‘nggi uch hafta davomida Ijtimoiy ta’minot boshqarmasi o‘z yozuvlarida katta tozalashni amalga oshirdi. Hozirda 120 yoshdan oshgan 7 millionga yaqin (Ijtimoiy ta’minot) raqami egalari vafot etganlar ro‘yxatiga kiritilgan. Hali 5 millionga yaqin qoldi", - dedi DOGE o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.
Bir hafta oldin agentlik deyarli 3,2 million ijtimoiy sug‘urta raqamlariga tegishli belgi qo‘ygani haqida xabar berdi.
Fevral oyi boshida Mask AQSh ijtimoiy ta’minot ma’lumotlar bazasida 120 yoshdan 369 yoshgacha bo‘lgan bir necha million odam borligiga e’tibor qaratgan edi.
"Ehtimol, "Twilight" (vampirlar haqidagi film) haqiqatdir va ijtimoiy ta’minot olgan vampirlar ko‘pdir" - dedi u o‘sha paytda.