Bugun 12 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi

12 yanvar kuni Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan 12 yanvar kuni Toshkentda Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar harbiy bo‘linmalarining tantanali piyoda yurish marosimi bo‘lib o‘tadi.

Harbiy bo‘linmalarning tantanali piyoda yurishlari Harbiy xavfsizlik va mudofaa universitetidan (Mo‘ljal: «Pushkin» metro bekati) soat 11.00 da boshlanadi va 13.00 ga qadar davom etadi.

Harbiy bo‘linmalar dastlab boshlanish nuqtasidan «Parkent» va «Mustaqillik» ko‘chalari bo‘ylab harakatlanib, Amir Temur xiyobonidagi to‘xtash nuqtasida faxriy qorovul jamoasi va qo‘l jangi ustalarining ko‘rgazmali chiqishlari, bo‘linmalarning jangovar chaqirig‘i, harbiy orkestrning defile namoyishlari ijro etiladi. Shundan so‘ng bo‘linmalar «Mustaqillik» va «Temiryo‘l» ko‘chalari bo‘ylab manzilga qaytadilar.

Shu munosabat bilan yuqorida keltirilgan ko‘chalarda soat 11.00 dan 13.00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida transport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Kiritildi: 23:47 11.01.2026. O'qildi: 332 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!