Bugun 29 sentyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

11 yoshli shaxmatchi qiz tarixdagi eng yosh ayol grossmeysterga aylandi

11 yoshli shaxmatchi qiz tarixdagi eng yosh ayol grossmeysterga aylandi

Buyuk Britaniya vakili, 11 yoshli Bodxana Sivanandan ayollar o‘rtasida shaxmat grossmeysteri unvonini olgan eng yosh shaxmatchiga aylandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Sivanandan ushbu unvon uchun so‘nggi me’yorni Samarqandda o‘tkazilayotgan 46-jahon shaxmat olimpiadasida bajardi. U Angliya terma jamoasi safida 11 ta partiyada ishtirok etib, 8 ochko jamg‘ardi.

Shu tariqa yosh shaxmatchi avvalgi rekordni ham yangiladi. Bundan oldin ayollar o‘rtasidagi eng yosh grossmeyster unvoni rossiyalik Yekaterina Lagnoga tegishli edi. U 2002 yilda Ukraina nomidan ishtirok etib, 12 yoshu 4 oyligida ushbu unvonni qo‘lga kiritgan.

Bodxana Sivanandan esa bu natijaga atigi 11 yoshida erishdi.

Kiritildi: 21:10 28.09.2026. O'qildi: 570 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!