O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi PQ-343-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zenergoinspeksiyaning Toshkent markaziy nazorat-kimyo laboratoriyasi tomonidan iste’molchilarga sifatli neft mahsulotlari yetkazib berish doirasida doimiy ravishda nazorat tadbirlari olib borilmoqda.
Xususan, joriy yilning 29-noyabr kunlari Toshkent shahri va viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 52 ta AYOQShdan 115 ta namunalar olindi (namunalar olingan sig‘imlardagi jami miqdor 1 741 181 litr).
1️⃣ Tahlil natijalarga ko‘ra 11 ta holatda 121 250 litr neft mahsulotlari davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsizligi) ma’lum bo‘ldi.
Qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.