Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

11 noyabr kuni Merkuriy tranziti nomli astronomik hodisa kuzatiladi

11 noyabr kuni  Merkuriy tranziti nomli astronomik hodisa kuzatiladi

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining xabar berishicha, 2019 yil 11 noyabr kuni nodir astronomik voqea – Merkuriy sayyorasining Quyosh gardishidan o‘tishi kuzatiladi. Bu hodisa Merkuriy tranziti deb ham ataladi.

Tranzit Toshkent vaqti bilan 17:36 da boshlanib 23:04 gacha davom etadi va Merkuriy sayyorasi Quyosh va Yer o‘rtasida bo‘ladi. O‘zbekistonda bu vaqtda Quyosh botayotganini hisobga olsak, ushbu tranzitni faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida qisman kuzatish imkoni bor xolos. Shimoliy Amerika materigi hududida Quyosh chiqishi paytida, Janubiy-G‘arbiy Osiyo mamlakatlari, Afrika va Yevropa qit’alari hududlarida esa Quyosh botayotgan paytda uni kuzatish imkoni mavjud. Janubiy Amerika hududida joylashgan davlatlarda tranzitni to‘liq, ya’ni deyarli 6 soat kuzatish mumkin.

Kiritildi: 20:35 06.11.2019. O'qildi: 3073 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!