Bugun 12 mart, 2025 yil, chorshanba

КИР

10 yildan so‘ng fosh etilgan jinoyat: Shifokor xotinini pichoqda bo‘laklab, tana qoldiqlarini axlat chelagiga tashlab yubordi

10 yildan so‘ng fosh etilgan jinoyat: Shifokor xotinini pichoqda bo‘laklab, tana qoldiqlarini axlat chelagiga tashlab yubordi

Sankt-Peterburg shahrida 45 yoshli ginekolog Irina Zemchenkovani o‘ldirishda ayblanayotgan qotil qo‘lga olindi. Doktor 2010 yilning 23 fevral kuni to‘satdan g‘oyib bo‘lgan. Uning turmush o‘rtog‘i- nefrolog shifokor, Mari shifoxonasi bo‘lim boshlig‘i Aleksandrning aytishicha, Irina o‘sha kuni ertalab ishga chiqib ketgan, ammo shifoxonaga yetib bormagan. Uch farzandning onasini ko‘ngillilar guruhi ham izladi, «Meni kutgin» ko‘rsatuvi tomoshabinlari va xususiy detektiv ham qidirdi. Ammo barcha urinishlar besamar ketdi.

Ayol g‘oyib bo‘lgach uning otasi- taniqli shifokor Gennadiy Kononov kuyovi ishxonada bir ayol bilan ishqiy munosabatlarni boshlab yuborganini bilib qoldi. Rafiqasining o‘limidan to‘rt oy o‘tib, Aleksandr hamkasb ayol bilan kurortga dam olishga jo‘nab ketdi. 8 yildan so‘ng ular nikohdan o‘tishdi, bir nafar qizi bor. Irina vafot etgan deyilsada, uning tanasi haligacha topilmagan.

Yillar mobaynida tergov, qidiruv ishlari hech qanday natija bermadi. Marhumaning otasi Gennadiy Kononov qidiruv ishlari bo‘limi boshlig‘i Aleksand Bastrikinga murojaat qilmaguncha shunday edi. Shundan so‘ng tergovchilar guvohlarni yana tergov qilishdi. Irinaning hamkasblari ayol o‘sha kuni ishxonaga kelmaganini, o‘sha kuni uning dam olish kuni bo‘lganini aytishdi. Uy qo‘riqchisi Irina o‘sha kuni uydan chiqmaganini esladi. Uning so‘zlarini kuzatuv kamerasidagi yozuvlar ham tasdiqladi. Irina yo‘qolgan paytda Aleksandr Zemchenkovning xushtori bo‘lgani haqidagi dalil esa voqeaga boshqacha yondashishga majbur qildi.

Natijada, 2021 yilning 31 mart kuni Aleksand Zemchenkov ushlandi va tergovga tortildi. Yolg‘on detektori qo‘llandi. Nihoyat, 11 yildan so‘ng shifokor jinoyatni tan oldi.
– U tergov paytida xotinini o‘ldirmaganini aytdi. Aytishiga qaraganda, xotini zinapoyada qoqilib yiqilib tushgan, shuning oqibatida o‘lgan emish, – deydi ushbu ishni tergov qilayotgan tergovchi. – Shundan so‘ng u xotinining murdasidan xalos bo‘lish uchun jasadni bo‘laklagan. Erkakning xushtori, ayni paytda xotini bu haqda hech narsa bilmaydi. Zemchenkovning yangi xotini hozircha tergovga chaqirilmagan.

Zemchenkov xotini Irinaning tanasi bo‘laklarini chiqindi konteyneriga tashlab yuborgan. Tergov «Qotillik» moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘adi.

Kiritildi: 13:30 03.04.2021. O'qildi: 6761 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!