Avtoraqam.uzex.uz orqali avtoraqamlarni sotishdan tushgan tushum yil boshidan buyon 378,7 mlrd so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,1 foizga kamaygan.
O‘zRTXBda "chiroyli" raqamning o‘rtacha narxi 4,733 mln so‘mni tashkil etdi. Taqqoslash uchun - 2024 yilda u 4,06 mln so‘mni yoki 16,5 foizga kamroqni tashkil etgan.
Savdolarning 96 foizi bilan jismoniy shaxslar raqam belgilarining asosiy xaridorlariga aylandi.
Raqam belgisi uchun taklif qilingan eng katta summa 1,56 mlrd so‘mni tashkil etdi (O‘sha paytdagi Markaziy bank kursi bo‘yicha 122,2 ming dollar). Narxi sakkiz baravardan ko‘proq oshgan va rekordni yangilagan 10 777 ZZZ kombinasiyasi uchun savdolar to‘qqiz kun davom etdi va 13 iyun kuni yakunlandi.
Afsuski, foydasiz narsalarga pulini sovuradigan, mashinasi yoki uning raqami bilan maqtanadigan insonlar ko‘p...