Rossiya prezidenti Vladimir Putin qabul qilingan fuqarolikdan mahrum qilish asoslarini kengaytiruvchi qonunni imzoladi.
"TASS" nashrining xabar berishicha, ro‘yxatga qotillik, terrorizm, Rossiya xavfsizligiga qarshi xorijiy davlatlar bilan hamkorlik kabi 72 turdagi jinoyatlar kiritilgan.
Fuqarolikdan mahrum qilish o‘ta og‘ir jinoyatlar, xususan, guruh bo‘lib zo‘rlash, voyaga yetmaganlarga nisbatan nomaqbul harakatlar, bolalar pornografiyasini tayyorlash, shuningdek, terrorizmga ommaviy chaqiriqlar va qarorlari Rossiyaga qarshi qaratilgan xalqaro tuzilmalar bilan hamkorlik qilish uchun qo‘llaniladi.