Bugun 14 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

1 yanvardan poytaxt jamoat transporti 3 000 so‘m etib belgilandi

1 yanvardan poytaxt jamoat transporti 3 000 so‘m etib belgilandi

Toshkent shahar hokimining qarori bilan 2025 yil 1 yanvardan poytaxt jamoat transporti yo‘nalishlarida (avtobus va metropoliten) bir yo‘lovchi qatnovi uchun cheklangan tarif – 3 000 (uch ming) so‘m etib belgilandi.

Bunda to‘lov elektron to‘lov tizimi (transport yoki bank kartasi) orqali amalga oshirilganda hozirgidek o‘zgarishsiz qoladi - 1 700 so‘m.

Barcha avtobuslar salonida yo‘lkira haqini naqd pulda olish amaliyotidan voz kechiladi.

Naqd pul orqali avtobuslarda harakatlanish uchun Toshkent shahridagi bekatlarda va ular yaqinida o‘rnatilgan barcha to‘lov qurilmalari, ya’ni Paynet, MultiPay va Oson infokioskalari orqali bir martalik chipta xarid qilish kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, ko‘p martalik - 2, 5, 7 kun amal qiladigan tarif rejalar ham joriy qilinadi.

Kiritildi: Bugun 14:50. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!