Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

1 mln dollar jamg‘armali «President Tech Award» startap tanlovi e’lon qilindi

1 mln dollar jamg‘armali «President Tech Award» startap tanlovi e’lon qilindi

IT Park Uzbekistan «President Tech Award» tanlovini e’lon qildi. U texnologik yo‘nalishlardagi yosh iqtidorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bo‘lib, umumiy mukofot jamg‘armasi 1 mln dollarni tashkil etadi.

O‘zbekistonda ilk bor IT Park Uzbekistan tashabbusi bilan texnologik va raqamli yechimlar sohasidagi yirik tanlov — «President Tech Award» start oldi. U startaplar, yosh tadbirkorlar va innovasion yechimlarga ega ishtirokchilar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Tanlov beshta asosiy yo‘nalishni qamrab oladi: sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar, ijtimoiy sohalar uchun raqamli yechimlar, kompyuter va mobil o‘yinlar, moliyaviy texnologiyalar va tadbirkorlik, shuningdek, Micro-SaaS va AdTech sohasidagi yechimlar.

Har bir yo‘nalish bo‘yicha g‘oliblarga quyidagi pul mukofotlari belgilangan:

1-o‘rin — $100 000,
2-o‘rin — $50 000,
3-o‘rin — $30 000.

Shuningdek, maxsus «Xakaton» yo‘nalishida g‘olib bo‘lgan jamoaga $100 000 miqdorida grant ajratiladi. Ushbu yo‘nalishda standartdan tashqari, innovasion va eksperimental loyihalar taqdim etiladi.

«President Tech Award» tanlovi yosh mutaxassislar va startapchilar uchun katta imkoniyat yaratib, ularning g‘oyalarini amaliy yechimga aylantirish va xalqaro bozorga chiqishiga xizmat qiladi. Bu tashabbus O‘zbekistonda startap muhitini yanada rivojlantirishga qaratilgan muhim qadam sifatida e’tirof etilmoqda.

Kiritildi: 18:13 10.06.2025. O'qildi: 532 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!