1479 yil — Kopengagen shahrida Daniyadagi birinchi universitet ochilgan;
1794 yil —Fransiya inqilobi mobaynida "Shonli 1 iyun" deb nomlangan jang bo‘lib o‘tgan;
1860 yil— Uels shahzodasi Albert Edvard (bo‘lajak qirol Edvard VII) Ottavada Kanada parlamenti binosiga poydevor qo‘ygan;
1862 yil — Qo‘shma Shtatlarda qullik taqiqlangan;
1867 yil — Toronto Kanadaning Ontario viloyati poytaxti deb e’lon qilingan;
1869 yil— Amerikalik ixtirochi Tomas Alva Edison berilgan ovozlarni yozib olib hisoblab chiquvchi elektr registrator uchun patent olgan;
1880 yil— New Heaven Bank (Konnektikut shtati) binosiga birinchi pullik telefon o‘rnatilgan;
1920 yil —AQSh Senati AQSh prezidenti Vudro Vilsonning Armaniston ustidan Amerika protektoratini tuzish to‘g‘risidagi taklifini rad etgan;
1922 yil — Oltoy o‘lkasida, hozirgi Oltoy Respublikasi tarkibida Oyrot avtonom viloyati tashkil etilgan;
1935 yil —Angliyada haydovchilik guvohnomasi va davlat raqamlarini olish uchun imtihon joriy etilgan;
1945 yil — Buyuk Britaniya hukumati bolshevizmga qarshi kurashgan kazaklarni Sovet Ittifoqiga topshirishni boshlagan. Keyinchalik Britaniya ekstradisiya qilgan odamlar qatag‘on qilingan;
1962 yil — G‘arbiy Samoa mustaqilligi e’lon qilingan;
1965 yil — yozuvchi Mixail Sholoxov adabiyot bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan;
1979 yil —Afrikada yangi mustaqil Zimbabve davlati (sobiq Janubiy Rodeziya)tashkil topgan;
1980 yil — Ted Tyornerning CNN (Cable News Network) tunu kun ishlaydigan yangiliklar kanali ishga tushirilgan;
2001 yil —Nepal poytaxti Katmanduda valiahd shahzoda Dipendra butun oilasini va o‘zini otib tashlagan, qirol Birendra va qirol oilasining deyarli barcha a’zolarini ham o‘ldirgan;
2005 yil — Niderlandiya aholisi referendumda Yevropa konstitusiyasi loyihasini rad etishgan;
2011 yil— Bortida qochqinlar bo‘lgan kema Tunis qirg‘og‘ida halokatga uchradi.