Bugun 2 avgust, 2025 yil, shanba

КИР

1 avgustdan pedagoglar oyligi qancha bo‘ladi?

1 avgustdan pedagoglar oyligi qancha bo‘ladi?

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi 02.06.2025 yildagi PF-91-son farmoniga muvofiq, 2025 yil 1 avgustdan byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi miqdori 10 foizga oshirildi.

🔹Farmonga muvofiq, pedagoglar 2025 yil 1 avgustdan quyidagicha oshirilgan miqdorda oylik maosh oladilar:

Maktab direktori:
• 5 mln 166 ming 485 so‘m (400 o‘quvchigacha);
• 5 mln 516 ming 559 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
• 5 mln 849 ming 691 so‘m (881-1600 o‘quvchigacha);
• 6 mln 187 ming 933 so‘m (1600dan ortiq);

Direktor o‘rinbosarlari: (MMIBDO‘, O‘TIBDO‘)
• 4 mln 825 ming 345 so‘m (400 o‘quvchigacha);
• 5 mln 166 ming 485 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
• 5 mln 516 ming 559 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
• 5 mln 849 ming 691 so‘m (1600dan ortiq);

Direktorning xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari:
• 1 mln 957 ming 858 so‘m (400 o‘quvchigacha);
• 2 mln 233 ming 302 so‘m (401-880 o‘quvchigacha);
• 2 mln 322 ming 127 so‘m (881 -1600 o‘quvchigacha);
• 2 mln 515 ming 091 so‘m (1600dan ortiq);

Psixologlar:
• Oliy ma’lumotli psixolog – 3 mln 356 ming 916 so‘m;
• Ikkinchi toifali psixolog – 3 mln 594 ming 851 so‘m;
• Birinchi toifali psixolog – 3 mln 838 ming 851 so‘m;
• Oliy toifali psixolog – 4 mln 72 ming 508 so‘m;

O‘qituvchilar:
• O‘rta maxsus ma’lumotli o‘qituvchi – 3 mln 468 ming 585 so‘m;
• Oliy ma’lumotli o‘qituvchi – 3 mln 729 ming 906 so‘m;
• Ikkinchi toifali o‘qituvchi – 4 mln 175 ming 834 so‘m;
• Birinchi toifali o‘qituvchi – 4 mln 653 ming 151 so‘m;
• Oliy toifali o‘qituvchi – 5 mln 142 ming 053 so‘m;
Kadrlar bo‘yicha menejer:
1 mln 758 ming 372 so‘m;

Kutubxona mudiri:
• O‘rta maxsus ma’lumotli – 2 mln 349 ming 447 so‘m;
• Oliy ma’lumotli – 2 mln 563 ming 442 so‘m.

Avvalroq, 2025 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonda o‘rtacha nominal (soliq va boshqa to‘lovlarni o‘zi ichiga olgan) oylik ish haqi 5 mln 982 ming so‘mni tashkil etgani ma’lum qilingandi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra ta’lim va sog‘liqni saqlash respublikadagi eng kam ish haqi to‘lanuvchi sohalar qatorida qolmoqda. Soha xodimlari o‘rtacha ish haqidan kam maosh olishda davom etmoqda.

Kiritildi: 22:35 29.07.2025. O'qildi: 1178 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!