Tabiatni muhofaza qilish maqsadida ayrim huquqbuzarliklar uchun jarimalar miqdori oshirildi:
🔹 Chiqindini belgilanmagan joylarga tashlash — 412.000 so‘mdan 1.236.000 so‘mgacha;
🔹 Shox-shabbalarni yoqish yoki o‘simlik qoldiqlarini yoqib yuborish — 1.236.000 – 2.060.000 so‘m;
🔹 Suvlarni ifloslash/bulg‘atish — 1.236.000 – 2.060.000 so‘m;
🔹 Daraxtlarni, butalarni va nihollarni noqonuniy kesish/shikastlash — 10.300.000 – 20.600.000 so‘m;
🔹 Qurilishda atmosferani muhofaza qilish talablarini buzish — 4.120.000 so‘m;
🔹 Taqiqlangan yovvoyi hayvonlarni saqlash — 2.060.000 – 4.120.000 so‘m (hayovonlar musodara qilinadi);
🔹 Tabiiy muhitni tiklash choralarini ko‘rmaslik — 412.000 – 1.236.000 so‘m;
🔹 Ekologiya inspektorining faoliyatiga to‘sqinlik qilish — 2.060.000 – 4.120.000 so‘m.
Shuningdek, VMKning 464-sonli qaroriga asosan sog‘lom daraxtni tagidan kesish yoki shikastlash holatlarida tabiatga yetkazilgan zarar ham hisoblab chiqiladi.