🔴 DXX Chegara qo‘shinlari tomonidan Davlat chegarasi orqali giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida IJQK Departamenti va bojxona idoralari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
⬇️ Xususan, avvaldan kuzatuvga olingan, 1994 yil Andijon viloyatida tug‘ilgan shaxsning Toshkent shahrida ijara asosida yashab kelayotgan xonadonida chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan psixotrop moddalarni saqlab kelayotgani haqida ma’lumot olindi.
Xolislar ishtirokida uning xonadoni ko‘zdan kechirilganda, taxminiy qiymati 1,5 mlrd so‘mlik 15 330 dona “Pregabalin” kuchli ta’sir qiluvchi moddalar borligi aniqlandi. Shuningdek, mazkur xonadon yotoqxonasida saqlanayotgan umumiy qiymati 100 mln so‘mlik sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan 3 xil turdagi 2 872 dona tibbiy dori vositalari, qutilar va yo‘riqnomalar topilib, tegishli tartibda rasmiylashtirildi.
O‘tkazilgan dastlabki so‘rovda, ushbu shaxs mazkur dorilarni Hindistondan mamlakatimizga noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgani hamda poytaxtdagi mijozlarga sotishni reja qilganini bildirdi.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251¹-moddasi, 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.