Bugun 14 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

1 300 dan ortiq gollivudlik san’atkor Isroilga qarshi boykot e’lon qildi

1 300 dan ortiq gollivudlik san’atkor Isroilga qarshi boykot e’lon qildi

San’atkorlar BMT Xalqaro sudi qaroriga ishora qilib, G‘azoda genosid xavfi mavjudligini eslatdi.

Dunyo miqyosida taniqli aktyor va rejissyorlardan iborat 1 300 nafardan ortiq kino ijodkorlari Isroilning Falastin xalqiga nisbatan olib borayotgan siyosati va G‘azodagi fojealarga norozilik sifatida keskin bayonot bilan chiqdi.

"Oskar", BAFTA, "Emmi" va Kann kinofestivali kabi nufuzli mukofotlar sovrindorlari ham imzolagan murojaatda Isroil kino markazlari bilan hamkorlikni to‘xtatish qarori e’lon qilindi. San’atkorlarning ta’kidlashicha, bu muassasalar Falastin xalqiga qarshi amalga oshirilayotgan genosid jarayonida bilvosita ishtirok etmoqda.

Bayonotda quyidagilar qayd etilgan:

"G‘azoda qon to‘kilayotgan bir paytda sukut saqlash – daxshatga sheriklikdir. Biz inson qadr-qimmati va erkinligi yo‘lida ovozimizni ko‘tarishimiz shart".

San’atkorlar, shuningdek, BMT Xalqaro sudi qaroriga murojaat qilib, "G‘azoda genosid xavfi mavjud"ligini eslatdilar. Ularning fikricha, kino nafaqat ko‘ngilochar vosita, balki jamiyatni uyg‘otuvchi kuchli maydon bo‘lib qolishi kerak.

Murojaatni Emma Stoun, Oliviya Kolman, Xavyer Bardem, Mark Ruffalo, Riz Ahmad, Tilda Svinton, Syuzan Sarandon kabi mashhur ijodkorlar imzoladi.

Kiritildi: 14:25 11.09.2025. O'qildi: 839 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!