1-3-sentyabr kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida tayekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Bugun tongda mazkur musobaqada qatnashadigan O‘zbekiston terma jamoasi Yevropaga yo‘l oldi. G6 tasnifidagi musobaqada hamyurtlarimizdan 6 nafar sportchi medallar va qimmatli reyting ochkolari uchun jang qiladi. Pavel Xan boshchiligidagi jamoamiz quyidagi tarkibda Fransiyaga jo‘nab ketdi:
-68 kg: Ulug‘bek Rashitov
-80 kg: Jasur Jaysunov
-80 kg: Shuhrat Salayev
+80 kg: Nikita Rafalovich
-67 kg: Feruza Sodiqova
+67 kg: Svetlana Osipova