Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratovning qayd etishicha, byudjet xodimlarining oyligini qisqartirish masalaning yechimi emas. Bizda krizisga qarshi kurashish alohida Inqirozga qarshi jamg‘arma hisobidan amalga oshiriladi. Bu o‘z-o‘zidan byudjetga ta’sir qilmaydi, byudjetga og‘irligi yo‘q.
Menimcha, hukumat ham bunday choraga borayotgani yo‘q. Bu iqtisodiyotda talabni belgilovchi omil.
Banklarga keladigan bo‘lsak, regulyator sifatida oylikni emas, balki kelgusidagi daromadlarini inobatga olib, o‘shanda ham zararga ketadigan bo‘lsak, umumiy xarajatlarni kamaytirish masalasida bank kengashlariga tavsiya beramiz.
Regulyator tijorat banklariga o‘tgan yilgi daromadlar bo‘yicha dividendlarni sentyabrgacha to‘lamay turishni maslahat berdi. Chunki ertaga nima bo‘lishini bilib bo‘lmaydi. Inqiroz payti eng og‘iri bank tizimiga to‘g‘ri keladi. Optimallashtirish masalasini bank kengashlari o‘zlari hal qiladi.