Bugun 26 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Tramp Eron xaritasi tushirilgan bahsli postni e’lon qildi

Tramp Eron xaritasi tushirilgan bahsli postni e’lon qildi

Donald Tramp o‘zining Truth Social sahifasida Eron silueti AQSh bayrog‘i ranglarida tasvirlangan xaritani joylashtirdi.

Xaritada Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlar oq rangda berilgan bo‘lsa, Eron hududi AQSh bayrog‘i ranglari bilan ajratib ko‘rsatilgan.

Rasm ustiga “Yaqin Sharq Qo‘shma Shtatlari?” degan yozuv ham joylashtirilgan.

Mazkur post AQShning Eronga qarshi ehtimoliy yangi hujumlarga tayyorlanayotgani haqidagi xabarlar fonida paydo bo‘ldi.

Kiritildi: 21:52 23.05.2026. O'qildi: 1146 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!