Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

“Energosavdo” yuristkonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

“Energosavdo” yuristkonsultiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

❗️ “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “Energosavdo” filiali Andijon bo‘linmasi yetakchi yuristkonsulti pishloq ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi MCHJga nisbatan rasmiylashtirilgan dalolatnomaga ko‘ra, elektr energiyasidan noto‘g‘ri foydalanish bo‘yicha hisoblangan 788,4 mln so‘mlik moddiy zararni bartaraf etib berish evaziga 5 ming AQSh dollari talab qilgan.

Joriy yilning 1 may kuni u so‘ralgan pul mablag‘idan 500 AQSh dollarini olgan.

DXX va IJQKD xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u qolgan 4500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda yuristkonsultga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 07:10 18.05.2026. O'qildi: 767 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!