Bugun 19 may, 2026 yil, seshanba

КИР

Shavkat Mirziyoyev 17-18 may kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

Shavkat Mirziyoyev 17-18 may kunlari amaliy tashrif bilan Ozarbayjonda bo‘ladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 17-18 may kunlari amaliy tashrif bilan Boku shahrida bo‘ladi.

O‘zbekiston yetakchisi BMTning Aholi punktlari bo‘yicha dasturi shafeligida o‘tkazilayotgan Butunjahon urbanizasiya forumi 13-sessiyasining Yetakchilar sammitida ishtirok etadi va nutq so‘zlaydi.

Forum shaharlarni barqaror rivojlantirish, arzon uy-joy bilan ta’minlash, shahar muhiti sifatini oshirish, iqlim barqarorligi va uy-joyni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan.

Tashrif doirasida xorijiy delegasiyalar rahbarlari bilan qator uchrashuv va muzokaralar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan

Kiritildi: 15:15 17.05.2026. O'qildi: 689 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!