Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Tramp Erondagi namoyishchilarga qurol yuborganmi?

 Tramp Erondagi namoyishchilarga qurol yuborganmi?

AQSh prezidentining aytishicha, Vashington 2025 yil dekabr – 2026 yil yanvar oylarida Erondagi ommaviy noroziliklar paytida namoyishchilarga qurol yetkazishga uringan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, qurol yetkazib berish Iroq Kurdistonidagi kurd guruhlari orqali amalga oshirilgan, biroq qurollar oxirgi manzilga yetib bormagan.

"Biz ularga juda ko‘p qurol yubordik. Biz uni kurdlar orqali jo‘natdik. Menimcha, kurdlar uni o‘zlarida olib qolishgan. Men bundan noroziman. Qurollarni olib qolganlar buning uchun katta tovon to‘laydi", — dedi Donald Tramp Oq uyda jurnalistlar bilan muloqotda.

Kiritildi: 13:45 02.05.2026. O'qildi: 1213 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!