Bugun 3 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron AQSh bilan muzokaralar shartlarini yumshatdi, biroq....

Eron AQSh bilan muzokaralar shartlarini yumshatdi, biroq....

Biroq Tramp bundan norozi, deb yozmoqda The Wall Street Journal.

Manbalarga ko‘ra, Tehron muloqot boshlash sharti sifatida dengiz qamalini zudlik bilan olib tashlash talabidan voz kechdi va Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish masalasini Vashington kafolatlari bilan parallel ravishda muhokama qilishni taklif etdi.

Shunga qaramay, tomonlar yadroviy dastur va sanksiyalarni bekor qilish kabi asosiy masalalarda hamon bir-biridan yiroq fikrda qolmoqda, deya qayd etadi nashr.

Shuningdek, Eron kelasi haftadayoq AQSh bilan Pokistonda muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini ma’lum qildi.

"Tehron vositachilarni, agar Vashington mojaroni hal qilish bo‘yicha yangi taklifni ko‘rib chiqsa, muloqotni qayta tiklashga rozi ekanligi haqida xabardor qildi", deya xabar bermoqda nashr manbalariga tayanib.

Kiritildi: 12:30 02.05.2026. O'qildi: 883 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!